» » AQSh Senati sog‘liqni saqlash islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasi matnini to‘liq o‘zgartiradi

AQSh Senati sog‘liqni saqlash islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasi matnini to‘liq o‘zgartiradi


Respublikachilar partiyasi vakillari bo‘lmish AQSh senatorlari sog‘liqni saqlash islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasi matnini to‘liq qayta yozishni rejalashtirmoqda. O‘zgartishlar kiritish bo‘yicha rasmiy jarayon 5-maydan boshlandi, deb xabar beradi “Kommersant.ru” The Wall Street Journal axborotiga asoslanib.

Senatorlarning fikricha, Oq Uy tomonidan taklif qilingan qonun loyihasi, bir tomondan, tibbiy sug‘urtani yoshlar uchun biroz arzonlashtiradi, boshqa tomondan esa yoshi kattalar uchun uning narxini oshiradi. Xususan, u yoshi katta fuqarolardan yoshlarga nisbatan besh barobar ko‘proq to‘lov olish imkoniyatini beradi, shuningdek, alohida shtatlar orasidagi farqlarni kattalashtirib yuboradi. Shu tufayli senatorlar qonun loyihasiga o‘zgartishlar kiritish zarur deb hisoblamoqda.

Bundan tashqari, ular keksa insonlarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘proq pul ajratishni rejalashtirmoqda.

“O‘ziga tibbiy sug‘urta sotib oluvchi o‘rta yoshdagi odamlar, ayniqsa daromadi past bo‘lsa, taklif etilgan qonun loyihasi doirasida eng katta zarar ko‘radigan guruh bo‘lib qoladi”, — dedi sog‘liqni saqlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi Kaiser Family Foundation notijorat tashkiloti vitse-prezidenti Larri Levitt.

Uning aytishicha, 50–64 yoshdagi 25 million kishi tahdid zonasida qolib ketishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-05-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют