» » Fransiya rasmiylari OAVlarni Emmanuel Makron shtabidan tarqab ketgan xatlarga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi

Fransiya rasmiylari OAVlarni Emmanuel Makron shtabidan tarqab ketgan xatlarga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi


Fransiya saylovoldi kampaniyasini nazorat qilish Komissiyasi OAVlarni prezidentlikka nomzod Emmanuel Makron shtabining xakerlar hujumi oqibati tarqab ketgan yozishmalaridagi ma’lumotlarni nashr qilmaslikka chaqirdi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Komissiya raisi OAVlarni o‘z bo‘ynilaridagi mas’uliyatiga, jumladan, erkin va adolatli ovoz berish jarayonidagi majburiyatiga e’tibor qaratdi.

“Shunday qilib, u ommaviy axborot vositalaridan, jumladan, ularning saytlaridan ham ushbu ma’lumotlarni tarqatmaslikni talab qilib, yolg‘on ma’lumot tarqatish qonunga binoan jazolanishi haqida ogohlantirdi”, — deya komissiya e’lonidan parcha keltiradi “RIA Novosti”.

Avvalroq, WikiLeaks tashkiloti Emmanuel Makron shtabiga tegishli elektron xatlarning katta miqdori tarqab ketgani haqida xabar bergandi. Tashkilot hujjat juda kech e’lon qilingani sabab saylov jarayoniga ta’sir qilmagan, deya hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23-aprel kuni Fransiyada prezidentlik saylovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi bosqich 7-may kuni o‘tkaziladi, unda Marin Le Pen va Emmanuel Makron ishtirok etadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют