» » Toshkentdagi kuchli yog‘ingarchilik UzReport-TV’dagi “Barselona” — “Vilyarreal” o‘yini translyatsiyasini uzib qo‘ydi

Toshkentdagi kuchli yog‘ingarchilik UzReport-TV’dagi “Barselona” — “Vilyarreal” o‘yini translyatsiyasini uzib qo‘ydi


Toshkent shahrida 6-may kuni kunning ikkinchi yarmida boshlangan kuchli yog‘ingarchilik UzReport-TV telekanalining futbol translyatsiyalariga ta’sir ko‘rsatdi.

Telekanal sharhlovchisi Davron Fayziyevning to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida ma’lum qilishicha, kuchli yog‘ingarchilik natijasida 21:30 da boshlangan “Barselona” — “Vilyarreal” uchrashuvi translyatsiyasi uzilib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, tabiat hodisasi “Kamp Nou” stadionidan signallarni qabul qilishga xalal bermoqda.

Translyatsiya to‘liq uzilib qolgan vaqtda “Barselona” 2:1 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi. Bungacha translyatsiya qisqa muddatga bir marta uzilib qolgan edi. Telekanal Ispaniya chempionati uchrashuvi o‘rniga Angliya Premyer-ligasi doirasidagi “Suonsi” — “Everton” uchrashuvini jonli efirda uzatmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют