» » Oliy sud raisi Farg‘onada to‘rt egizak uchun berilgan uy nohaq tortib olingani bo‘yicha murojaatni ko‘rib chiqdi

Oliy sud raisi Farg‘onada to‘rt egizak uchun berilgan uy nohaq tortib olingani bo‘yicha murojaatni ko‘rib chiqdi


O‘zbekiston Oliy sudi raisi Shoyunus G‘oziyev Farg‘ona viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Sayyor qabulda fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari tomonidan sud amaliyoti bilan bog‘liq masalalarda O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari va bevosita Oliy sudga qilingan murojaatlar tinglandi.

Jumladan, Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi Alisher Toshmatov uyining nohaq olib qo‘yishganini aytib, mazkur masalaga qonuniy yechim uchun murojaat qilganini bildirdi.

1995-yilda oilamizda quvonchli voqea bo‘lib, to‘rt farzand ko‘rdik. Davlatimiz tomonidan oilamiz qo‘llab-quvvatlanib, to‘rt xonali uy sovg‘a qilindi. Afsuski, mazkur uyimizni bizdan nohaq olib qo‘yishdi. Bir necha yillardan buyon uyni ololmay sarsonmiz.

Bugungi sayyor qabulda bu borada qonuniy yechim so‘rab murojaat qildim. Bizning dardimizni eshitib, uning adolat va xolislik tamoyillari asosida hal etilishidan juda ham xursandmiz. Bu mamlakatimizda inson manfaatlariga bo‘lgan yuksak e’tiborning amaldagi samarasidir.

Alisher Toshmatov, Farg‘ona shahridan 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-05-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют