» » Samarqandda O‘zbekiston neyroxirurgiya ilmiy markazi Yaponiya va Rossiya klinikalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi

Samarqandda O‘zbekiston neyroxirurgiya ilmiy markazi Yaponiya va Rossiya klinikalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi


Samarqand shahrida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi hamkorligida Jahon neyroxirurglar jamiyatlari federatsiyasining ta’lim kurslari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyat hokimligining axborot xizmati.

O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur o‘quv kurslarida Rossiya, Xitoy, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Turkiya kabi davlatlar hamda O‘zbekistonning ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan olimlari, shifokorlar ishtirok etdi.

Anjuman davomida N.Burdenko nomli Rossiya neyroxirurgiya ilmiy-tekshirish instituti direktori, akademik A.Potapov hamda Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetining neyroxirurgiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori G.Chmutin Samarqand meditsina instituti 1-son klinikasi neyroxirurgiya bo‘limida bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazdi, operatsiyada ishtirok etdi.

Anjuman davomida Rossiya hamda Yaponiyaning yetakchi tibbiyot klinikalari bilan Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют