» » Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanida o‘tkazgan yig‘ilishda aholiga zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi

Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanida o‘tkazgan yig‘ilishda aholiga zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-may, shanba kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tashrif bilan bo‘ldi. Tashrif yakunida Prezident raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahri va tumanlar hokimlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, poytaxt jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, joylardagi Xalq qabulxonalari xalq bilan muloqotning muhim tizimiga aylangani, turli masalalarga o‘z vaqtida yechim topilib, odamlarni rozi qilayotgani ta’kidlandi.

2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi qayd etildi. Aholiga barcha zarur sharoitlar yaratish, kommunikatsiya tizimlarini yangilash, hududlarni obodonlashtirish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-05-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют