» » KXDR Kim Chen Inga suiqasd qilishga uringanligi uchun AQShdan uzr so‘rashni talab qildi

KXDR Kim Chen Inga suiqasd qilishga uringanligi uchun AQShdan uzr so‘rashni talab qildi


AQSh rasman uzr so‘rashi va KXDR yetakchisiga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan odamlarni jazolashi kerak. Bunday bayonotni Shimoliy Koreyaning Koreya markaziy telegraf agetligi tarqatdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Pxenyan AQSh va Janubiy Koreyani respublikani yakkalab qo‘yish va bo‘g‘ishga urinishda aybladi. Shu bilan birga, Vashingtonni bayonotda “KXDRga nisbatan mudhish davlat teraktlarining sahnaorti tashkilotchisi” deb atadi va unga nisbatan jazo muqarrar ekanligini ta’kidladi.

Pxenyan qayd etishicha, Davlat xavfsizligi vazirligi AQSh va Janubiy Koreya razvedka tashkilotlarini “Yer yuzidan supurib tashlaydi” va mamlakatdagi barcha dushman agentlarni yo‘q qiladi.

Avvalroq KXDR davlat xavfsizligi vazirligi AQSh va Janubiy Koreyaning maxfiy qo‘shma operatsiyasi barbod bo‘lganini e’lon qilgan edi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu davlatlarning razvedka xodimlari allaqanday biokimyoviy modda yordamida Kim Chen Inga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan va KXDRga o‘z odamlarini kiritgan.

Oq uy va Markaziy razvedka boshqarmasi bu bayonotni izohlashdan bosh tortdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют