» » Jamoat joylaridagi bepul Wi-Fi trafigi monitoring qilinadi

Jamoat joylaridagi bepul Wi-Fi trafigi monitoring qilinadi


Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida internet foydalanuvchilarining tarmoqqa ommaviy nuqtalar orqali kirgandagi harakatlari monitoringi tizimini yaratish bo‘yicha qonun loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Hujjat ommaviy simsiz aloqa nuqtalari egalariga o‘zlarida maxsus qurilma o‘rnatish majburiyatini yuklaydi. Mazkur jihoz Wi-Fi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish, ya’ni qurilma (noutbuk, mobil telefon, planshet va hokazo) MAC-manzili, jismoniy shaxs mobil telefoni raqamini aniqlash imkonini beradi.

Shuningdek, foydalanuvchilarning internetdagi harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planadi va saqlanadi.

Ommaviy simsiz aloqa nuqtalarida foydalanuvchini identifikatsiya qilmay internetdan foydalanishiga sharoit yaratish yoki internetdagi harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plamaslik va saqlamaslik  eng kam ish haqining 100 barobari miqdoridagi ma’muriy jarimaga sabab bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют