Shavkat Mirziyoyev tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tibbiy ta’lim sohasidagi vakolatli organ sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilandi, unga quyidagi vazifalar qo‘shimcha ravishda yuklatildi:
Hujjat oliy malakali tibbiy kadrlarni magistraturada tor mutaxassisliklar bo‘yicha 2—3 yillik ta’lim davomida tayyorlashni, klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha 2 yillik ta’lim davomida malaka oshirish va qayta tayyorlashni ko‘zda tutadi.
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bloklar bo‘yicha o‘quv soatlarini jami o‘quv vaqtining 7 foizigacha qisqartirish hisobiga, klinikagacha bo‘lgan va klinik bloklar bo‘yicha o‘quv soatlarini jami o‘quv vaqtining 85 foizigacha yetkazish rejalashtirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!
