» » Nyu-Yorkda kuchli yomg‘ir suv toshqinini hosil qildi (foto va video)

Nyu-Yorkda kuchli yomg‘ir suv toshqinini hosil qildi (foto va video)


5-may, juma kuni Nyu-Yorkka kuchli yomg‘ir shiddatli shamol bilan birga yog‘ilib, suv toshqinini va transport tirbandliklarini keltirib chiqardi, deb yozadi Forum Daily.

Xabarlarga ko‘ra, uch soat ichida 7,6 sm yog‘ingarchilik tushgan. Sinoptiklar qayd etishicha, Markaziy xiyobon atrofidagi suv sathi 1871-yildagi rekord ko‘rsatkichdan deyarli ikki barobar oshib ketgan.

Kuchli yog‘ingarchilik natijasida shahar hukumati Gudzon daryosi bo‘ylab o‘tgan Vest-Sayd-Xayvey muhim avtomagistralini yopishga qaror qildi. Shu tufayli bu kuni transport tirbandliklari yuzaga keldi.

Heavy #Flooding in #NYC now pic.twitter.com/pNCcJ0uZmk

— Buffing Actions News (@BuffingActions) May 5, 2017

#flooding #nyc pic.twitter.com/YqWzMBYZnn

— Paoyi (@Paoyi2) May 5, 2017

Shaharda qutqaruvchilar ishladi, ular avtomobillarni suv bosgan ko‘chalardan chiqarib olishga yordam berdi.

Noqulay ob-havo natijasida aeroportlarda ko‘plab reyslar kechiktirildi, qator parvozlar bekor qilindi.

Elektr toki bilan bog‘liq muammolar tufayli Nyu-Jersini Manxetten bilan bog‘lovchi ikkita temir yo‘l ishi to‘xtatildi.

Dear @mta @NYCTSubway, It's pouring rain inside the Hudson Street station. No attendant to inform at this station. #notsafe pic.twitter.com/fa6bABtfXb

— Dema Hanna (@DemaHanna) May 5, 2017

Nyu-York fuqarolari tizzalarigacha suvga botgan holda uylariga yetib bordi. Tabiiy ofat natijasida jabrlanganlar haqida xabar berilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, 6-may, shanba kuni Toshkent ham kuchli yomg‘irdan so‘ng suv ostida qoldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют