» » Bugun yana 5 ta final. Bahodir Jalolov Astana Arlans bilan jangdagi mag‘lubiyat uchun revansh olishi mumkin

Bugun yana 5 ta final. Bahodir Jalolov Astana Arlans bilan jangdagi mag‘lubiyat uchun revansh olishi mumkin


Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bugun — 7-may kuni Osiyo chempionatining so‘nggi boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

Oxirgi kundan o‘rin olgan finallarning barchasida o‘zbekistonlik bokschilar ringga chiqadi. Bunga qadar mezbonlardan to‘rt sportchi Osiyo chempioniga aylangan bo‘lsa, chorak finalda qolib ketgan Sanjar Tursunov pley-offdagi g‘alabasi bilan Germaniyadagi Jahon chempionatiga baribir ilinib olgandi.

Bugun Hasanboy Do‘stmatov, Jasur Latipov, Iqbol Xoldorov, Shahram G‘iyosov hamda Bahodir Jalolov jang qiladi.

Ma’lumot uchun, terma jamoaning eng og‘ir vazndagi a’zosi Bahodir Jalolov Astana Arlans’ga qarshi Qozog‘istonda kechgan jangda bugungi raqibi Kamishbek Konkabayevdan yengilgan, o‘sha kuni Uzbek Tigers 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Bugun Jalolovda o‘sha jang uchun revansh olish imkoniyati bor.

Shahram G‘iyosov ham Astana Arlans’ga qarshi jangni boy bergandi. Biroq bugun unga umuman boshqa bokschi raqiblik qiladi.

-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Gan Erdene Ganxuyang (Mo‘g‘uliston) — 14:30
-52 kg: Jasur Latipov — In Kyu Kim (Janubiy Koreya) — 15:15
-64 kg: Iqbol Xoldrov — Chinzorig Batarsux (Mo‘g‘uliston) — 16:00
-69 kg: Shahram G‘iyosov — Ablaixon Jusupov (Qozog‘iston) — 18:30
+91 kg: Bahodir Jalolov — Kamishbek Konkabayev (Qozog‘iston) — 19:15

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют