» » Dunyodagi eng keksa alpinist 86 yoshida Everestni yana bir bor zabt etish chog‘ida vafot etdi

Dunyodagi eng keksa alpinist 86 yoshida Everestni yana bir bor zabt etish chog‘ida vafot etdi


Dunyodagi eng keksa alpinist — nepallik Min Bahodur Sherxon 6-mayda Everestga chiqishga yana bir bor urinayotgan vaqtda yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda Nepal turizm departamenti bosh direktori Dinesh Bxattaray xabar berdi, deb yozmoqda “TASS”.

“Sherxon bugun Everest cho‘qqisining baza lagerida yurak xurujidan vafot etdi. Uning tanasi ertaga vertolyotda Katmanduga ekspertiza o‘tkazish uchun yetkaziladi”, — deb bayonot bergan departament rahbari.

Bu yil cho‘qqiga ko‘tarilish uchun litsenziya olgan 317 alpinist qatorida bo‘lgan taniqli nepallik alpinist aprel oyining oxirida Everestning baza lageriga yetib kelgan. U sayyoradagi eng baland nuqtaning eng keksa zabt etuvchisi maqomini o‘ziga qaytarish uchun akklimatizatsiyadan o‘tgan. Sherxon 2008-yilda 76 yoshida ushbu maqomni qo‘lga kiritgan. Biroq besh yil o‘tgach, yaponiyalik 80 yoshli alpinist Yuichiro Miura uning rekordini yangilagan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-05-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют