» » Navoiy shahrida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tabrigi va qimmatbaho sovg‘alar yetkazildi

Navoiy shahrida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tabrigi va qimmatbaho sovg‘alar yetkazildi


Navoiy viloyatida 9-may – Xotira va Qadrlash kuni “Qahramonlik, burch va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiorlari ostida yuqori saviyada keng nishonlanmoqda. Bu haqda Navoiy shahar hokimiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Navoiy shahrida yashayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front ortida mehnat qilgan faxriylarga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 72 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tabrigi hamda qimmatbaho sovg‘alar Navoiy viloyati hokimi Q. Tursunov tomonidan tantanali yetkazildi. Shuningdek, Navoiy shahar hokimi U. Xalilov, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi vakillari, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, shuningdek, bir guruh o‘quvchi yoshlar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xonadonlariga borib, ularni Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi.

Xonadonlarga tashrifi davomida viloyat hokimi Q. Tursunov urush va mehnat fronti faxriylari davlat rahbarining doimiy e’tiborida ekanini aytib o‘tdi. Viloyat hokimi, shuningdek, bu faxriylar hayotning o‘ta og‘ir sinovlariga dosh bergan, urushning dahshatli azob-uqubatlarini boshdan kechirib, o‘zida mardlik va jasoratni mujassam etgan insonlar ekanligini alohida ta’kidladi.

Navoiy shahar hokimi U. Xalilov Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yo‘llagan tabrikni o‘qib eshittirdi.

“Prezidentimiz tabrigini hozirgina menga Navoiy shahar hokimi U. Xalilov o‘qib berdi. Tabrikda ‘Sizdek qahramon yurtdoshimizga butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorchilik bildirishni o‘zim uchun ham qarz, ham farz deb hisoblayman’ deb yozilgani qalbimga g‘urur baxsh etdi, keksayganda bunday e’tirofga erishganimni ta’riflashga ojiz qoldim. O‘tganlarni xotirlab, bizdek keksalarni qadrlayotgan yurtda yashayotganimga shukr qilaman”, — dedi faxriy Ibragim Ismailov.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-05-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют