» » Ufalik ixtirochi gadjetlarni alanga yordamida zaryadlash usulini o‘ylab topdi (video)

Ufalik ixtirochi gadjetlarni alanga yordamida zaryadlash usulini o‘ylab topdi (video)


Ufalik ixtirochi Aydar Xayrullin smartfonlar va boshqa gadjetlarni alanga yordamida zaryadlash yo‘lini o‘ylab topdi. Bu haqda Daily Afisha xabar bermoqda.

Zaryadlashni amalga oshirish uchun ixtirochi elektr energiyasi talab qilmaydigan maxsus pech-zaryadka yaratdi.

Majmuada pechdan tashqari kichik quti — USB ulagichli generator mavjud bo‘lib, u harakatlanmaydigan elementlarsiz issiqlikdan elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Ixtirochining so‘zlariga ko‘ra, tarmoqdan zaryadlash uchun qancha vaqt ketsa, pechdan zaryad olish uchun ham shuncha vaqt ketadi.

Xayrullin mazkur ixtiro ustida ikki yil ish olib bordi. U hozirga qadar zaryad beruvchi 100 ta pech yig‘ib, ilk buyurtmachilarga yetkazib berdi. Buyurtmachilar orasida AQSh va Buyuk Britaniyadan sayyohlar ham mavjud.

Xayrullin tez orada aloqasiz o‘chirgichni yaratishni mo‘ljallamoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-05-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют