» » Isroil hukumatida arab tilini davlat tili maqomidan mahrum etish taklif etildi

Isroil hukumatida arab tilini davlat tili maqomidan mahrum etish taklif etildi


Isroil hukumatining qonunchilik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi davlatning milliy xarakteri to‘g‘risidagi qonun loyihasini bir ovozdan tasdiqladi, deb yozadi “TASS”.

Hujjatga ko‘ra, ivrit tili mamlakatning davlat tili deb tan olinadi, arab tili esa alohida maqomga ega bo‘ladi.

Isroil televideniyesining ma’lum qilishicha, Quddusni davlat poytaxti, ivrit tilini esa yagona davlat tili sifatida tasdiqlash taklif etiladi.

“Likud” partiyasi tomonidan taklif etilgan qonun loyihasida davlat har bir Isroil fuqarosiga uning dini, irqiy kelib chiqishi va millatidan qat’iy nazar o‘z madaniyati, an’analari, tilini saqlab qolishni ta’minlashi lozimligi ta’kidlanadi.

Biroq muxolifat allaqachon qonun loyihasini tanqid ostiga oldi. Ularning fikricha, u fuqarolarning demokratik huquqlarini buzadi.

Endilikda qonun loyihasi Knessetda (mamlakat parlamentida) muhokama etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-05-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют