» » Uorren Baffet IBM aksiyalarining uchdan birini sotdi

Uorren Baffet IBM aksiyalarining uchdan birini sotdi


Milliarder Uorren Baffet IBM aksiyalarining uchdan birini sotdi va bu qarorini IT-kompaniya to‘qnash kelayotgan kuchli raqobat bilan bog‘ladi. Bu haqda 3DNews xabar bermoqda.

“Men IBMni aksiyalarni sotib olishni boshlagan olti yil avvalgi holat bilan taqqoslamayman. O‘zimning bahoyimni pasayish tomonidan qayta ko‘rib chiqdim”, — ta’kidladi Baffet.

Biznesmenga ko‘ra, IBM aksiyalari qiymati kutilganidan pastroq bo‘ldi va kompaniya yetarli darajada kuchli raqobatchilar bilan to‘qnashdi. Ularning qaysi kompaniyalar ekanligiga Baffet aniqlik kiritmadi.

Ma’lumot uchun, Uorren Baffetga tegishli Berkshire Hathaway investitsiya kompaniyasi IBM aksiyalarini 2011-yilda xarid qilishni boshladi. Ma’lum bir paytlarda kompaniyaning IBM’dagi ulushi 13 milliard dollarga yetdi.

O‘tgan yil oxirida Berkshire Hathaway’da IBM’ning 81 millionta aksiyasi mavjud bo‘lgan, joriy yilda esa bu ulush 30 million donagacha qisqardi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-05-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют