» » Rio—2016 da bo‘lgani kabi, Hasanboy Do‘stmatov Osiyo chempionatida ham eng yaxshi bokschi bo‘ldi

Rio—2016 da bo‘lgani kabi, Hasanboy Do‘stmatov Osiyo chempionatida ham eng yaxshi bokschi bo‘ldi


Poytaxt Toshkent 30-aprel va 8-may sanalari oralig‘ida boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Hasanboy Do‘stmatov musobaqaning eng yaxshi bokschisi deb topildi.

Do‘stmatov -49 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini yengib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Chorak finaldagi g‘alabasidan keyin u Germaniya mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani yutib olgandi.

Bokschi eng kichik vaznda jang qilganiga qaramay, Osiyo chempionatida ishtirok etgan bokschilar orasida eng yaxshi bo‘ldi. Do‘stmatov Rio—2016 Olimpiadasidan keyin ham eng yaxshi bokschi sovrinini qabul qilib olgandi.

Hasanboy qit’aning eng yaxshi bokschisi uchun beriladigan mukofotni Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Serik Konabayevdan qabul qilib oldi.

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta imkoniyatdan 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, qit’ada mutlaq rekord o‘rnatdi. Jahon chempionatiga esa turnirda ishtirok etgan 10 nafar bokschining hammasi boradigan bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-05-2017, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют