» » Angela Merkel NATOning Rossiyaga munosabatida ikki yoqlama strategiya muhimligini bildirdi

Angela Merkel NATOning Rossiyaga munosabatida ikki yoqlama strategiya muhimligini bildirdi


Yevropada xavfsizlik borasidagi o‘zgarishlar asnosida NATOning Rossiyaga munosabatida ikki yoqlama strategiya muhim o‘rin tutadi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Germaniya, bir tomondan, alyansning barcha hududida himoyaga tayyorligini namoyish etish, ikkinchi tomondan, Rossiya bilan muzokaralar to‘xtab qolmasligiga doimo harakat qilib kelgan”, — deya ta’kidladi Merkel.

Kansler Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi va Donbassdagi harbiy mojaro Boltiqbo‘yi davlatlari va Polshada, Moldovadagi vaziyat esa Ruminiya va Bolgariyada tashvish uyg‘otganini eslatib o‘tdi.

Merkelga ko‘ra, bu mamlakatlar uchun NATOning yuz berayotgan voqealarni e’tiborsiz qoldirmasligi va qo‘shinlarini Boltiqbo‘yi davlatlariga yuborishi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Angela Merkel 2-may kuni Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida Germaniya kansleri Rossiya Minsk kelishuvlarini bajargan taqdirda Yevroittifoq tomonidan qo‘llangan sanksiyalar bekor qilinishiga umid bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют