» » Iordaniyada 20 davlat harbiylari ishtirokida mashg‘ulotlar boshlandi

Iordaniyada 20 davlat harbiylari ishtirokida mashg‘ulotlar boshlandi


Dunyoning 20 davlati, jumladan, AQShdan kelgan 7 mingdan ortiq harbiy Iordaniyada 7-may, yakshanba kuni boshlangan hamkorlikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“Biz ‘Sher hamlaga shaylanmoqda’ deb nomlangan mashqlar boshlanganini e’lon qilamiz. Ular 18-maygacha davom etadi. Mintaqa va butun dunyo duch kelayotgan terrorchilik xavfi bizdan harakatlarimizni birlashtirish, muvofiqlashtirish va tajriba almashishni talab qilmoqda”, — deya ta’kidladi Iordaniya armiyasi rasmiy vakili Xolid ash-Sho‘ro.

Mashqlar ssenariysiga hujum, mudofaa, aksilterror va qidiruv-qutqaruv operatsiyalari, shahar sharoitidagi janglar, kimyoviy qurol qo‘llangandagi harakatlar va chegaralar xavfsizligini ta’minlash kiritilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-05-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют