» » Eron Mudofaa vaziri Saudiya Arabistoniga tahdid qildi

Eron Mudofaa vaziri Saudiya Arabistoniga tahdid qildi


Eron Mudofaa vaziri Husayn Dehqon Ar-Riyod o‘ylamasdan harakat qiladigan bo‘lsa, Tehron faqatgina musulumonlarning muqaddas Makka va Madina shaharlariga teginmasligi borasida Saudiya Arabistonini ogohlantirdi. Bu haqda Tasnim agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Biz ularga (Saudiya Arabistoni) ahmoqlik qilmaslikni maslahat beramiz. Biroq ular o‘ylamasdan harakat qiladigan bo‘lsa, Makka va Madinadan tashqari birorta joyni (Saudiya Arabistonidagi) butun qoldirmaymiz”, — dedi vazir.

Eron harbiy idora boshlig‘ining so‘zlari Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasining o‘rinbosari Mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon Eronning istagi “islom dunyosida hukumronlikka erishmoq” deya ma’lum qilganidan so‘ng yangragan edi.

Muhammad bin Salmonning fikricha, Eron barcha musulmonlar uchun muqaddas — Ka’baga yetishmoqlikka intilmoqda. “Biz Eronga qarshi turish uchun Saudiya Arabistoni hududida harbiy harakatlarni kutayotganimiz yo‘q”, — deb qo‘shimcha qildi u.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-05-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют