» » AQShda alligator 10 yoshli qizga hujum qildi. Qizcha omon qoldi, yirtqich esa o‘ldirildi

AQShda alligator 10 yoshli qizga hujum qildi. Qizcha omon qoldi, yirtqich esa o‘ldirildi


AQShning Florida shtatida alligator 10 yoshli qizchaga hujum qildi. Bu haqda Fox News’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, qizcha Moss xiyobonidagi ko‘lda cho‘milayotgan vaqtida yirtqich unga hujum qilib, oyog‘idan tishlab oldi. Baxtsiz hodisadan keyin qiz shifoxonaga yetkazildi va tez orada u yerdan chiqdi.

Alligatorni ushlab, o‘lim inyeksiyasi bilan uxlatib qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Shunga o‘xshash holat avval ham sodir bo‘lgandi. O‘shanda alligator mashhur bokschi Vladimir Klichkoning o‘g‘liga hujum qilgandi.

Mazkur voqeaga munosabat bildirgan “RIA Novosti” foydalanuvchilari alligatorning ushlab o‘ldirilganiga qarshi chiqdi.

“Kelinglar dunyodagi barcha alligatorlarni o‘ldiraylik, axir ular ham kimnidir tishlab olishi mumkindir. Farzandlar har qayerda cho‘milmasligi uchun e’tiborli bo‘lish lozim”, — kinoya aralash fikr bildirdi foydalanuvchilardan biri.

“Bechora qizcha. Lekin u alligatorlar orasida cho‘milgan. AQSh xalqiga ham tushunish qiyin: alligatorni ushlab, o‘ldirdi”, — deya voqeaga o‘z munosabatini bildirdi boshqa bir foydalanuvchi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют