» » Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Tojikiston o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qiladi

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Tojikiston o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qiladi


Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Shirinshoh Shotemur nomli Tojikiston agrar universiteti va Tojikiston gidrotexnika va melioratsiya ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlarni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Kelishuvlar institutda Markaziy Osiy va Afg‘onistonning sohaga oid oliy o‘quv yurtlari ilmiy-pedagogik tarkibi ishtirokida o‘tkazilgan almashinuv turi doirasida imzolandi. Mintaqa akademik hamjamiyatlarining ilk almashinuvida 6 davlatdan 40 nafardan ortiq vakil ishtirok etdi.

Tadbir AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan moliyalashtiriladigan Markaziy Osiyo hududiy ekologik markazining “Markaziy Osiyoda suv, ta’lim va hamkorlik” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston delegatsiyalari Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi gidrotexnik qurilmaga bordi. Suvni iqtisod qiluvchi sug‘orish tizimiga ega fermer xo‘jaliklarini ko‘zdan kechirdi.

Tur yakunida so‘v xo‘jaligi mutaxassislarini tayyorlovchi ta’lim muassasalari o‘rtasida hududiy hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlari muhokama qilindi va taqdimotlar o‘tkazildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-05-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют