» » “Daryo” fotoreportaji: Qo‘yliq bozori yaqinidagi Compass majmuasi qurilishi

“Daryo” fotoreportaji: Qo‘yliq bozori yaqinidagi Compass majmuasi qurilishi


Qo‘yliq bozori qarshisidagi sobiq kiyim bozori o‘rnida 2016-yilning noyabr oyida qurilishi boshlangan Compass majmuasida ayni vaqtda ishlar qizg‘in davom etmoqda. “Daryo” muxbiri qurilish maydonidan maxsus fotoreportaj tayyorladi.

Haytek uslubidagi Compass savdo-ko‘ngilochar markazining har bir qavati 1500 kvadrat metr maydonni, majmuaning o‘zi esa 4500 kvadrat metr hududni egallaydi.

Chizmalarga ko‘ra, majmuaning 1-qavatida supermarket, 2-qavatda ko‘ngilochar hudud (kinoteatr, bolalar maydonchasi, ovqatlanish joyi) 3-qavatda avtoturargoh joy olishi ko‘zda tutilgan. Avtoturargoh savdo markazining tom qismida joylashgani uning birlamchi o‘ziga xos jihati hisoblanadi.

Loyihachilar ayni vaqtda “yashil avtoturargoh” yaratish ustida izlanmoqda. Bugungi kunda poytaxtdagi aksariyat avtoturargohlar quruq asfaltdan iborat bo?lgan bir paytda, bino tomi ustida barpo etiladigan avtoturargoh tabiat bilan uyg?un tarzda yaratilishi ta?kidlangan.

Loyihasi Fransiyadan, qurilish mollarning zaruriy qismlari Rossiyadan keltirilgan obyektning tashqi tomonida ulkan shishalardan foydalanilishi aytilmoqda.

Majmua O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 26 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-05-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют