» » WSJ: Pentagon Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi harbiy ishtirokini kengaytirishga 7,5 milliard dollar sarflashga tayyor

WSJ: Pentagon Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi harbiy ishtirokini kengaytirishga 7,5 milliard dollar sarflashga tayyor


AQSh Mudofaa vazirligi besh yil davomida Amerikaning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi harbiy ishtirokini kengaytirishga 7,5 milliard dollar miqdorida mablag‘ sarflash rejasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Wall Street Journal’da e’lon qilingan maqolada ma’lum qilindi, deb xabar berdi “TASS”.

Nashrning ta’kidlashicha, gap “harbiy infrastrukturani yangilash, qo‘shimcha o‘quv mashqlarini o‘tkazish, shuningdek, kuch va kemalarni joylashtirish” haqida ketmoqda.

Avvaliga ushbu reja Arizona shtati senatori, respublikachi Jon Makkeyn tomonidan taklif qilingan edi. Keyinroq uni boshqa qonun chiqaruvchilar, shuningdek, AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis va AQSh Qurolli kuchlarining Tinch okeani qo‘mondonligi rahbari Harri Harris qo‘llab-quvvatladi.

Pentagon rasmiy vakili Geri Ross o‘z navbatida AQSh Mudofaa vazirligi Makkeyn taklifini “mohiyatan qo‘llab-quvvatlashi”ga ishora qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp may oyining boshida federal hukumatni 2017-yil 30-sentabrga qadar moliyalashtirish haqidagi qonunni imzolagan edi. Ushbu moliyaviy yilning qolgan davri uchun umumiy budjet miqdori 1,1 trillion dollarni tashkil etadi. Mudofaa xarajatlariga 598,5 milliard dollar ajratilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-05-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют