» » Germaniya AQShning NATO IShIDga qarshi kurashga qo‘shilishi borasidagi taklifini ko‘rib chiqadi

Germaniya AQShning NATO IShIDga qarshi kurashga qo‘shilishi borasidagi taklifini ko‘rib chiqadi


Germaniya TIV rasmiy vakili Martin Shefer mamlakat hukumati AQShning NATO IShIDga qarshi kurashga qo‘shilishi borasidagi taklifini Bryussel sammitiga qadar ko‘rib chiqishini bildirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

“Bugun vaziyat o‘zgardi, nafaqat AQShda yangi ma’muriyat hokimiyatga kelishida, balki Suriya va Iroqdagi IShIDga qarshi kurashda bu namoyon bo‘ladi”, — dedi amaldor brifing chog‘ida.

“Shu bois biz AQSh va boshqa hamkorlarimizning takliflarini 25-may kuni Bryusselda o‘tadigan sammitga qadar tez sur’atlarda ko‘rib chiqamiz”, — qo‘shimcha qildi Shefer.

Ilgariroq AQSh NATOning IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shilishini istashi hamda bu borada taklif bilan chiqishi bildirilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-05-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют