» » Dunyodagi eng baquvvat smartfonlar reytingi tuzildi: birinchi o‘rinni iPhone 7 Plus egalladi

Dunyodagi eng baquvvat smartfonlar reytingi tuzildi: birinchi o‘rinni iPhone 7 Plus egalladi


Smartfonlar uchun ommabop AnTuTu benchmarki (quvvatni o‘lchash uchun dastur) ishlab chiquvchilari dunyodagi eng mahsuldor qurilmalar reytingini tuzdi, deb yozadi “Vesti.ru”. Tahlilchilar 2017-yilning 1-aprelidan 30-apreligacha bo‘lgan statistikani jamlab, har bitta model uchun ma’lumotlarning kamida mingta nusxasini to‘pladi.

Ro‘yxatda o‘tgan yilning sentabrida chiqqan iPhone 7 Plus yetakchilik qildi. Uning ishlash tezligi o‘rtacha 177 220 ballga baholandi. Exynos 9 chiplari bilan jihozlangan Samsung Galaxy S8+ (172 640) va Galaxy S8 (172 636) tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab, iPhone 7 (170 936)ni to‘rtinchi o‘ringa siqib chiqardi. Yuqori beshlikka katta farq bilan (159 547) OnePlus 3T yakun yasadi. Keyingi pog‘onalarda LeEco Le Pro3, OnePlus 3, LeEco Le Max2, ZTE Axon 7 va ASUS ZenFone 3 joylashdi.

Eng mahsuldor Android-qurilmalar Galaxy S8+ va S8 bo‘ldi, uchinchi o‘rin One Plus 3T’ga nasib etdi. Yuqori o‘nlikka shuningdek, LeEco Le Pro3, OnePlus 3, LeEco Le Max2, ZTE Axon 7, ASUS ZenFone 3, Moto Z va Xiaomi Mi 5s kirdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют