» » Jan-Mari Le Pen qizining prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyati sabablariga izoh berdi

Jan-Mari Le Pen qizining prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyati sabablariga izoh berdi


“Milliy front” asoschisi va Fransiya prezidentligiga nomzodning otasi Jan-Mari Le Pen qiziga saylovlarning ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonishga xalaqit bergan sabablarni aytib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Siyosatchiga ko‘ra, prezidentlik poygasi qizi foydasiga hal bo‘lmaganiga Marin Le Penning Yevropa valyutasi va Fransiyaning Yevroittifoqqa a’zoligiga munosabati ta’sir qildi.

Jan-Mari Le Penga ko‘ra, saylovoldi kampaniyasi davomida Marin demografiya va ommaviy immigratsiya muammolariga ko‘proq e’tibor qaratishi lozim edi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida 65,82 foiz ovoz bilan Emmanuel Makron g‘olib chiqdi, Marin Le Pen uchun saylovchilarning 34,18 foizi ovoz berdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют