» » Buyuk Britaniyada noma’lum rassom turar-joy binosiga bir kechada Brexit ifodalangan suratni tushirdi

Buyuk Britaniyada noma’lum rassom turar-joy binosiga bir kechada Brexit ifodalangan suratni tushirdi


Buyuk Britaniyaning Duvr shahrida ko‘cha rassomi Benksi turar-joy binosiga Yevropa Ittifoqi bayrog‘idagi 12 yulduzning birini sindirayotgan ishchining rasmini tasvirladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Kimligini oshkor etmayotgan rassom ushbu suratni tunda chizib tugatdi. U suratni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga ham joyladi.

Avvalroq, aprel oyining boshlarida bir ayol Tel-Aviv yaqinida bo‘lgan ko‘rgazmada Benksining yuzini ko‘rganini ma’lum qilgan, biroq ko‘pchilik unga ishonmagan, rassom ko‘chada niqobsiz paydo bo‘lmasligi haqida gaplar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, binodagi mazkur rasm Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayoni boshlangan vaqtda yaratildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют