» » Nepal rasmiylari keksa alpinistlarga Everestga ko‘tarilishni man etishni rejalashtirmoqda

Nepal rasmiylari keksa alpinistlarga Everestga ko‘tarilishni man etishni rejalashtirmoqda


Nepal rasmiylari Everest cho‘qqisini zabt etish uchun ruxsat berish borasida yoshning yuqori darajasini belgilash niyatida. Bu haqda mamlakat turizm departamenti rahbari Dinesh Bxattaray ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“86 yoshida Yerdagi eng yuksak cho‘qqini zabt etishga uringan nepallik mashhur alpinist Min Bahodir Sherxonning fojiali halokatidan so‘ng hukumat yuqori yosh darajasini belgilash masalasini jiddiy muhokama qilmoqda. Quyi yosh darajasi allaqachon belgilangan, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ruxsat berilmayapti. Alpinizmga qiziqish kuchayib borayotgani va keksa yoshdagi shaxslar o‘rnatayotgan rekordlardan kelib chiqib, ularning xavfsizligini o‘ylagan holda shunday choralar ko‘rishga majburmiz. Yuksak tog‘lik, kislorod darajasi past bo‘lgan sharoitda cho‘qqiga ko‘tarilish keksa kishilar uddalay olmaydigan vazifaga aylanadi”, — deya ta’kidladi Dinesh Bxattaray.

Ekspertlarga ko‘ra, cheklov balandligi 8 ming metrdan baland barcha cho‘qqilarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Mamlakat hududida bunday cho‘qqilardan 8 tasi joylashgan. Hukumat esa ularga ko‘tariladigan alpinistlar 76 yoshdan oshmagan bo‘lishini ta’minlashi lozim.

Ma’lumot uchun, Everestni zabt etishga chog‘langan 86 yoshli Min Bahodir Sherxon 6-may, shanba kuni 5 ming metrdan yuqorida joylashgan lagerda yurak xurujidan olamdan o‘tdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют