» » “Bunyodkor”da mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyat. Bugun OChLda “Lokomotiv” o‘ynaydi

“Bunyodkor”da mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyat. Bugun OChLda “Lokomotiv” o‘ynaydi


Toshkentning “Bunyodkor” klubi Osiyo Chempionlar ligasining 2017-yilgi mavsumida o‘z tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi — 6 ta o‘yin va 5 ta mag‘lubiyat.

Sergey Lushchan bilan “qaldirg‘ochlar” ketma-ket to‘rt o‘yinda mag‘lub bo‘lib, 4-turdan keyinoq navbatdagi bosqichga chiqish imkoniyatini yo‘qotgandi. 5-turdagi g‘alaba hech qanday ahamiyat kasb etmadi.

So‘nggi turda “Bunyodkor”ni sobiq murabbiy Sergey Lushchan ham, amaldagisi Mirjalol Qosimov ham Amirliklarga olib bormadi. Viktor Karpenko va Xayrulla Karimov bilan safarga otlangan Toshkent klubi mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qilib oldi — 0:3.

Shu tariqa “Bunyodkor” xalqaro maydondagi ishtirokini yakunladi. 10-maydan e’tiboran futbolchilarni Mirjalol Qosimov shug‘ullantirishni boshlaydi.

Bugun — 9-may kuni “Lokomotiv” guruh bosqichining so‘nggi turini o‘tkazadi. Toshkent vaqti bilan 20:50 da boshlanadigan o‘yindagi g‘alabagina “temiryo‘lchilar”ni navbatdagi bosqichga olib chiqishi mumkin. Qolgan har qanday natija poytaxtning bu klubini ham turnirdan chiqarib yuboradi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“C” guruhi. 6-tur
8-may, dushanba

Gollar: Nosir Ash-Shamroniy, 34 (1:0). Umar Abdulrahmon, 77 (2:0). Ibrohim Diaki, 90 (3:0).

Gollar: Asiriy, 63 (1:0). Kurdiy, 84 (2:0).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют