» » O‘zbekiston termasining eng katta g‘alabasiga hissa qo‘shgan futbolchi vafot etdi

O‘zbekiston termasining eng katta g‘alabasiga hissa qo‘shgan futbolchi vafot etdi


O‘zbekiston terma jamoasining 1994-yilgi Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqishida mehnat qilgan sobiq futbolchi Ulug‘bek Ro‘zimov vafot etdi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.

1968-yilning 15-avgustida dunyoga kelgan Ulug‘bek Ro‘zimov futbolchilik faoliyatini 1985-yil “Xorazm” klubida boshlagandi. U keyinchalik karyerasining asosiy qismini Toshkentning “Paxtakor” jamoasi tarkibida o‘tkazdi.

Ulug‘bek Ro‘zimov 1994-yil Yaponiyaning Xirosima shahrida bo‘lib o‘tgan XII Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Rustam Akromov va Birodar Abduraimov murabbiylik qilgan O‘zbekiston termasiga chaqirilgan Ro‘zimov vafotiga qadar “Paxtakor” akademiyasida ishlab kelayotgandi.

Sobiq futbolchining o‘limiga aynan nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют