» » Hokimlar va ularning birinchi o‘rinbosarlari maoshi aholi bandligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi

Hokimlar va ularning birinchi o‘rinbosarlari maoshi aholi bandligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

1-iyuldan boshlab joylardagi rahbarlarni moddiy rag‘batlantirish va ularning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirishning prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlariga aholi bandligi o‘sishining tasdiqlangan har chorak prognoz ko‘rsatkichlarini bajarganligi yoki bajarmaganligi uchun lavozim maoshining 15 foizi miqdorida mos ravishda mukofot beriladi yoki jarima solinadi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlariga hamda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga esa lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida xuddi shunday mukofotlash yoki jarima solish choralari qo‘llaniladi.

Aholi bandligi o‘sishining mezoni sifatida aholini davlat ijtimoiy sug‘urta hamda mehnat va pensiya qonunchiligi tizimlari bilan qamrab olingan doimiy, barqaror ishga joylashtirilishi belgilangan.

Qarorda joylardagi rahbar xodimlarga mukofot berish yoki ularning lavozim maoshlaridan jarima undirish miqdorini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘layotgan aholi bandligi o‘sishining prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi hisobga olinishi belgilab qo‘yilgan.

Aholi bandligi o‘sishining viloyat, tuman va shaharlar kesimidagi prognoz ko‘rsatkichlari 2018-yildan boshlab har yili Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadigan Aholi bandligi dasturi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlari bilan tasdiqlanadigan aholi bandligining manzilli hududiy dasturlari bilan belgilanadi.

2017-yilning uchinchi va to‘rtinchi choraklarida aholi bandligi o‘sishining O‘zbekiston hududlari kesimida prognoz ko‘rsatkichlari qabul qilingan mazkur qaror hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadi.

Qarorda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlarining aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish to‘g‘risida me’yor ko‘zda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra, tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlari uzluksiz ikki chorak davomida yoki yil davomida uch chorakda bajarilmagan taqdirda ularning egallab turgan lavozimlariga noloyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют