» » Musulmonlar nafsoniyatiga tegishda ayblangan Jakarta gubernatori 2 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Musulmonlar nafsoniyatiga tegishda ayblangan Jakarta gubernatori 2 yil qamoq jazosiga hukm qilindi


Indoneziya poytaxti gubernatori Basuk Chaxay Purnama 2 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Jakarta sudi hukmi ayblov tomoni so‘raganidan ham keskinroq bo‘ldi — prokuror gubernator uchun bir yillik qamoq jazosi so‘ragandi.

Basuk Chaxay Purnama dindorlar nafsoniyatiga tegishda ayblandi. O‘tgan yil sentabrida kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan va nasroniy diniga mansub gubernator musulmonlar uchun haqoratli bo‘lgan fikrlarni bildirgan video tarqalgandi.

Keyinchalik u aytgan so‘zlari uchun uzr so‘radi, biroq politsiya surishtiruvni boshlab yuborgandi.

Jakartada yuz minglab kishi to‘plangan bir necha mitinglar bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilari gubernator zudlik bilan iste’foga chiqarilishi va tekshiruv o‘tkazilishini talab qildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют