» » Malayziya hukumati mamlakatdagi bosh terrorchi yo‘q qilinganini ma’lum qildi

Malayziya hukumati mamlakatdagi bosh terrorchi yo‘q qilinganini ma’lum qildi


Malayziya hukumati qidiruvda bo‘lgan terrorchi, IShIDning dala qo‘mondonlaridan biri — Muhammad Vandi yo‘q qilinganini tasdiqladi. Bu haqda milliy politsiya boshlig‘i Holid Abubakirga asoslanib Star nashri ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“Barcha tezkor ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, 26 yoshli erkak 29-aprel kuni Suriyaning Raqqa shahridagi jangarilarning pozitsiyasiga uchuvchisiz uchish qurilmasi orqali berilgan zarba natijasida yo‘q qilinganini tasdiqlashimiz mumkin”, — dedi mamlakat politsiyasi boshlig‘i.

Muhammad Vandi 2016-yilda Suriyaga ko‘chib o‘tgan va u yerda ekstremistlar tomonidan IShID terrorchilik tashkilotiga baxas tilidagi so‘zlashuvchi (Indoneziya, Malayziya shuningdek, Singapur va Filippinda qisman tarqalgan til) yangi jangarilarni qabul qilish bo‘yicha mas’ul etib tayinlangan. Bundan tashqari unga Malayziyada terrorchilik hujumini tashkil etish va tayyorlash vazifasi topshirilgan. U o‘tgan yilning iyunida Kuala-Lumpur shahri chetidagi tungi klublardan biriga uyushtirilgan teraktda ishtirok etgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют