» » The Washington Post AQShning Afg‘onistondagi kontingentni kengaytirish rejasini ma’lum qildi

The Washington Post AQShning Afg‘onistondagi kontingentni kengaytirish rejasini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Trampning harbiy va diplomatik maslahatchilari Afg‘onistonga yuboriladigan amerikalik harbiylarni 3 mingdan 8,4 minggacha oshirish borasidagi rejani taqdim etdi. Bu haqda The Washington Post nashriga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Yangi rejaning maqsadi — AQShning Afg‘onistondagi harbiy rolini kuchaytirish. Bundan tashqari, Vashingtonda Afg‘onistonga yuboriladigan amerikalik harbiylar sonini belgilash va “Tolibon” jangarilariga hujum qilish bo‘yicha qarorlarni chiqarish huquqini Oq uyga emas, Pentagonga berish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, sobiq prezident Barak Obama ma’muriyati davrida Afg‘inistondagi harbiy maslahatchilar soniga qo‘yilgan cheklovni olib tashlash rejasi ham bor.

Oq uy vakillari ushbu xabarga hech qanday izoh bermadi.

7-may kuni The Wall Street Journal nashri Pentagon AQShning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi harbiy harakatlarini moliyalashtirish rejasini tasdiqlagani haqida xabar bergandi.

Aprel oxirida Tramp ma’muriyati Pentagonga Iroq va Suriyadagi amerikalik harbiylar sonini oshirishga ruxsat bergan edi. Ushbu qaror AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettisga yuqoridagi mamlakatlardagi harbiylar sonini belgilash vakolatini beradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют