» » IShID jangarilari rossiyalik harbiy xizmatchini qatl etgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi

IShID jangarilari rossiyalik harbiy xizmatchini qatl etgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi


Rossiya mudofaa vazirligi IShID guruhi terrorchilari Suriya hududida mamlakat harbiy xizmatchisini ushlab, qatl qilgani haqidagi xabarni tasdiqlamadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Rossiya qurolli kuchlarining Suriyadagi guruhidagi barcha harbiy xizmatchilari tirik, sog‘-salomat hamda o‘z bo‘linmalari tarkibida xalqaro terrorga qarshi kurash bo‘yicha vazifalarni bajarmoqda”, — deyiladi idora xabarnomasida.

Shuningdek, idora “xalqaro terrorchi guruhlarning yolg‘on axborotlarini muntazam ravishda tarqatuvchi OAV”ning xatti-harakatlarini qoraladi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют