» » 2017-yilda O‘zbekistondagi har bir OTM nechta talaba qabul qiladi?

2017-yilda O‘zbekistondagi har bir OTM nechta talaba qabul qiladi?


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi, deb yozadi “Xushnudbek.uz”.

Qarorda oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotasi belgilab berilgan bo‘lib, unga ko‘ra 2017/2018 o‘quv yilida bakalavr ta’lim yo‘nalishiga 66 ming 316 nafar talaba qabul qilinadi. Shularning 18 194 nafari davlat grantida va 48 122 nafari to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil oladi. O‘tgan yilgi kvotalar bilan taqqoslaganda, joriy yilgi kvotalar soni 8 ming 409 taga ko‘paygan.

Shuningdek, qarorda:

Qabul kvotasi soni bo‘yicha OTMlar reytingi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi (bakalavr uchun):

Ta’kidlash joiz, joriy yilda 45 ta OTMning kvotalari ko‘paydi. O‘tgan yilgiga qaraganda kvotasi eng ko‘p oshgan OTMlar reytingida Toshkent davlat agrar universiteti 770 ta o‘rin bilan mutloq yetakchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Farg‘ona politexnika instituti 550 ta o‘ringa ko‘paygan holda egalladi. Namangan davlat universiteti esa joriy yilda naq 500 ta ko‘p talaba qabul qiladi.

Bu yil faqat uchta OTMning qabul kvotasi kamaydi. Bular: Termiz davlat universiteti (42 nafarga), Toshkent davlat stomatologiya instituti (155 nafarga) va nomi o‘zgartirilgan Namangan muhandislik-qurilish instituti (160 nafarga). 11 ta OTMning kvotasi o‘zgarmadi.

Qabul kvotalari respublika OTMlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan (alifbo tartibida):

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 20:13)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют