» » Falastin yetakchisi Netanyaxu bilan uchrashuvga tayyorligini bildirdi

Falastin yetakchisi Netanyaxu bilan uchrashuvga tayyorligini bildirdi


Falastin yetakchisi Mahmud Abbos Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan AQSh prezidenti Donald Tramp shafeligida uchrashishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda, The Jerusalem Post nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

U mazkur uchrashuv o‘tkazilishining biror-bir shartini tilga olmadi.

“Biz Tramp bilan hamkorlikka hamda tinchlikni tiklash uchun uning shafeligida Isroil bosh vaziri bilan uchrashishga tayyorligimizni tasdiqladik”, — dedi Falastin yetakchisi.

RT’ga bergan intervyusida Mahmud Abbos Tramp Falastin-Isroil ixtilofi bo‘yicha ko‘plab ma’lumotga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi:

“U biz muhokama qilgan masalalarni juda chuqur tushunishini namoyish qildi. U ularni tezda qabul qilib, muhokamaga o‘tar edi. Bu uning katta hajmdagi axborotga ega ekanligini tasdiqlaydi. U biror mavzuda savol berganida bu haqda ilgari ham eshitgani bilinib turar edi”.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-05-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют