» » Amerikalik talaba bepul naggetslar haqidagi xabarning retviti bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Amerikalik talaba bepul naggetslar haqidagi xabarning retviti bo‘yicha rekord o‘rnatdi


AQShning Nevada shtatida istiqomat qiluvchi talaba Karter Uilkerson Twitter’dagi retvitlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Uning naggetslarning bir yillik zaxirasi haqidagi xabari 3,4 million retvit to‘pladi. Bu bilan u teleboshlovchi Ellen Dejenneresning “Oskar” topshirish marosimida tushgan selfisidan iborat tvit o‘rnatgan rekordni yangiladi.

HELP ME PLEASE. A MAN NEEDS HIS NUGGS pic.twitter.com/4SrfHmEMo3

— Carter Wilkerson (@carterjwm) April 6, 2017

Aprel oyining boshida Uilkerson Wendy’s tarmog‘idan bir yil davomida bepul naggetslar olib turish uchun qancha retvit to‘plashi lozimligini so‘ragan edi. Tarmoq vakillari 18 million retvit talab etilishini aytdi. Ushbu yozishma virusli tarqalib, yangi rekord qayd etildi.

18-aprel kuni Uilkerson Dejeneresning shousida ishtirok etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-05-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют