» » Chempionlar ligasi pley-offida “Yuventus” darvozasiga gol uradigan jamoa topildi

Chempionlar ligasi pley-offida “Yuventus” darvozasiga gol uradigan jamoa topildi


Yevropa Chempionlar ligasining Kardiff mezbonligida o‘tadigan hal qiluvchi final uchrashuviga birinchi bo‘lib Turinning “Yuventus” klubi yo‘l oldi.

Monakodan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytib kelgan turinliklar, o‘z maydonida 2:1 hisobida zafar quchdi va finalga chiqdi. “Yuventus” bunga qadar Portugaliya va Ispaniya chempionlari hisoblangan “Portu” hamda “Barselona”ni turnirdan chiqarib yuborgandi.

“Monako” javob o‘yinida Buffon darvozasiga gol urib, “Yuventus”ning pley-offda davom etib kelayotgan dahlsizlik seriyasiga chek qo‘ydi. “Portu” va “Barselona”ga qarshi jami 4 ta o‘yinda, shuningdek, Monakodagi uchrashuvda Allegri boshqarayotgan klub o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormagandi.

Pley-offning finalgacha bo‘lgan olti o‘yinida “Yuventus” beshta g‘alabaga erishdi va faqatgina bir marta durang o‘ynadi. Finalning ikkinchi ishtirokchisi bugun — 10-may kuni bo‘lib o‘tadigan Madrid derbisidan keyin aniq bo‘ladi.

Yevropa Chempionlar ligasi
Yarim final
9-may, seshanba

Gollar: Mario Manjukich, 33 (1:0). Daniel Alvesh, 44 (2:0). Kilian Mbappe-Lottin, 69 (2:1).
Dastlabki uchrashuv: 2:0

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-05-2017, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют