» » “Lokomotiv” ham Chempionlar ligasini “Bunyodkor” kabi sharmandali natija bilan tark etdi

“Lokomotiv” ham Chempionlar ligasini “Bunyodkor” kabi sharmandali natija bilan tark etdi


Toshkentning “Lokomotiv” klubi hamshahri “Bunyodkor” kabi Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtirokiga yakun yasadi.

“Bunyodkor” 4-turdan keyinoq taqdirga tan bergan bo‘lsa, “temiryo‘lchilar” so‘nggi turga qadar kurash olib bordi va Amirlikdagi yirik mag‘lubiyat sabab xalqaro maydondan chetda qoldi.

“Lokomotiv” navbatdagi bosqichga chiqishi uchun “Al-Ahli”ni taslim qilishi kerak edi. Biroq Mirko Yelichich shogirdlari yirik — 0:4 hisobida yengildi.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” o‘tgan mavsum Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasini qayd etib, chorak finalga qadar yetib borgandi.

Shu tariqa Chempionlar ligasida O‘zbekiston klublari qolmadi. “Nasaf” pley-offdayoq taqdirga tan bergan bo‘lsa, Toshkentning ikki klubi guruh bosqichidan nariga o‘ta olmadi.

Chempionlar ligasining kelasi yilgi mavsumida ham O‘zbekiston 1+2 kvotasi bilan harakat qiladi. Mamlakat chempioni guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olsa, qolgan ikki klub saralashda ishtirok etadi.

Osiyo Chempionlar ligasi
“A” guruhi. 6-tur
9-may, chorshanba

Gollar: Salmin Hamis, 27 (1:0). Ma’mur Ikromov, 58-avt (2:0). Asamoa Gyan, 72 (3:0). Everton Ribeyro, 77 (4:0).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-05-2017, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют