» » Tramp FQB direktori Jeyms Komini ishdan bo‘shatdi

Tramp FQB direktori Jeyms Komini ishdan bo‘shatdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Jeyms Komini ishdan bo‘shatdi, deb yozadi “RIA Novosti” Oq uy bayonotiga tayanib.

“Bugun prezident Donald Tramp FQB direktori Jeyms Komini uning vakolatlari tugatilgani va u o‘z lavozimidan chetlatilgani haqida xabardor qildi”, — deyiladi bayonotda.

“FQB — eng sevimli va eng hurmatli institutlardan biri, bugungi kun esa bizning huquq-tartibot jamiyatimizning marvaridi uchun yangi davr ibtidosiga aylanadi”, — dedi Tramp.

Komi 2013-yilda Barak Obama tomonidan o‘n yillik muddatga tayinlangan edi, u ushbu muddatni to‘liq ishlab bermoqchi edi.

Komi Trampga qarshi uning “Rossiya bilan aloqalari” yuzasidan tekshiruv olib borayotgan edi, uning bunday aloqalarini Oq uy ham, Kreml ham rad etmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют