» » Edvard Snouden Jeyms Komining iste’fosiga qarshi gapirdi

Edvard Snouden Jeyms Komining iste’fosiga qarshi gapirdi


Amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden AQSh prezidenti Donald Trampning FQB direktori Jeyms Komini lavozimidan chetlatish qaroriga qarshi chiqdi, deb yozadi “TASS”.

“FQBning bu direktori ko‘p yillar davomida meni siyosiy faoliyatim uchun qamoqqa olishga urindi. Agar men uning iste’fosiga qarshi chiqa olsam, demak siz ham qarshi chiqa olasiz”, — deb yozdi u o‘z Twitter’iga.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Jeyms Komini ishdan bo‘shatgani xabar berilgan edi. Tramp bu qarorini Komi o‘z majburiyatlarini samarali ravishda bajarishga qodir emasligi bilan izohladi.

Komi 2013-yilda Barak Obama tomonidan o‘n yillik muddatga tayinlangan edi, u ushbu muddatni to‘liq ishlab bermoqchi edi.

Komi Trampga qarshi uning “Rossiya bilan aloqalari” yuzasidan tekshiruv olib borayotgan edi, uning bunday aloqalarini Oq uy ham, Kreml ham rad etmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют