» » Tailand rasmiylari savdo markazidagi portlashga IShID aloqador ekanligini rad etdi

Tailand rasmiylari savdo markazidagi portlashga IShID aloqador ekanligini rad etdi


Tailand rasmiylari Pattani janubiy provinsiyasidagi Big C savdo markazidagi portlashga IShID terrorchilik guruhining aloqador ekanligini istisno qildi. Portlash oqibatida 59 kishi jarohat olgan. Bu haqda qirollik mudofaa vaziri o‘rinbosari Udomdey Sitabutrga tayanib, Bangkok Post gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

“Uzoq janubda xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda. Maxsus xizmatlar ehtimoliy hujumlar oldini olish uchun operatsiyalar o‘tkazmoqda”, — dedi general Sitabutr. Tailandda Pattani, Yala va Naratxivat provinsiyalari “uzoq janub” deb ataladi. U yerda 11 yildan buyon separatistlar hududni Bangkokdan ajralishiga erishish uchun harakat qilmoqda.

Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, Big C savdo markazida uyushtirilgan hujum separatistlar uslubini eslatadi. Portlash oqibatida jabrlanganlar orasida bolalar ham ko‘p.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-05-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют