» » Qozog‘iston parlamenti deputatlari O‘zbekiston bilan o‘tkazish punktlari haqidagi hujjatni ko‘rib chiqadi

Qozog‘iston parlamenti deputatlari O‘zbekiston bilan o‘tkazish punktlari haqidagi hujjatni ko‘rib chiqadi


Bugun, 10-may kuni Qozog‘iston Parlamenti Majilisining yalpi majlisida deputatlar Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvga kiritiladigan tuzatishlar haqidagi ratifikatsiya aktini ko‘rib chiqadi. Bu haqda “1news.uz” xabar berdi.

Avvalroq O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasidagi “Oq oltin” va “Malik” avtoyo‘l o‘tkazish punktlari 15-maydan ish boshlashi, bu O‘zbekiston Prezidentining 26-apreldagi qarorida ko‘zda tutilgani xabar berilgan edi.

Toshkent va Samarqandni qisqa yo‘l orqali bog‘lovchi M-39 trassasida joylashgan ushbu o‘tkazish punktlari faqat yengil avtotransport o‘tishi uchun foydalaniladi. Tijorat maqsadida yuk va tovarlarni ushbu punktlar orqali olib o‘tish taqiqlangan.

M-39 avtomobil yo‘li 2006-yilda yopilgan edi. Yo‘l ochilgach, Toshkentdan Samarqandga Jizzax orqali aylanma yo‘ldan yurib o‘tirmasdan, qisqa yo‘l bilan borish mumkin bo‘ladi, shunda masofa 89 dan 24,5 kilometrgacha qisqaradi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют