» » BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi


BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo”ga ishonchli manbalar ma’lum qildi.

Toshkent xalqaro aeroportida mehmonlarni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov va BMTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Stefan Prisner kutib oldi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (IHOKB) delegatsiyasining 2017-yil 10—12- may kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston bilan IHOKB o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan sohalarda kelgusidagi aloqalar va hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash masalalari muhokama etiladi.

BMT radiosi xabar berishicha, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar Zayd Raad al-Husayn inson huquqlari bo‘yicha dunyodagi vaziyat haqida ma’ruzani taqdim etar ekan, O‘zbekistonning muvaffaqiyatlarini alohida ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sud-huquq tizimini samaradorligini oshirishga hamda adolatli va mastaqil sud jarayonlarini tashkil etishni ta’minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilyapti.

Zayd Raad al-Husayn O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inson manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Oliy komissarning fikricha, ushbu tashabbuslar yuqori xalqaro andozalar talablariga javob beradi, xalq farovonligini oshirish yo‘lida muloqot uchun ochiqligidan dalolat beradi.

Oliy komissar O‘zbekistonning BMT huquqni himoya qilish tuzilmalari bilan hamkorligi haqida ijobiy fikr bildirdi. U O‘zbekistonga Harakatlar strategiyasining tegishli qismlarini hayotga tatbiq etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-05-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют