» » Abdulaziz Komilov BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zeyd Raad al-Husayn bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zeyd Raad al-Husayn bilan uchrashdi


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zeyd Raad al-Husayn bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan BMT va uning institutlari, jumladan, BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Turli shakllardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida tomonlarda o‘zaro qiziqish mavjudligi qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish islohotlar va taraqqiyotga oid siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Demokratik, huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning to‘laqonli va izchil dasturi O‘zbekistonni rivojlantirishning 5  ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidan o‘rin olgan.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston 70 dan ortiq xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan va BMTning inson huquqlari bo‘yicha 10 ta asosiy konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Doimiy ravishda ushbu jabhadagi o‘z majburiyatlarining bajarilishi borasida tegishli tuzilmalarga hisobotlar taqdim etib kelinmoqda.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda BMTning Rezident-koordinatori, BMT Rivojlanish dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner hamda BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Rishard Komenda ishtirok etdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют