» » Janubiy Koreya bosh vaziri lavozimiga sobiq gubernator Li Nak Yon tayinlandi

Janubiy Koreya bosh vaziri lavozimiga sobiq gubernator Li Nak Yon tayinlandi


Koreya Respublikasining yangi prezidenti Mun Chje In Cholla-Namdo provinsiyasi sobiq gubernatori Li Nak Yonni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Bu haqda 10-may kuni prezident ma’muriyati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Li Nak Yon Koreya Respublikasi bosh vaziri lavozimiga tayinlandi”, — deyiladi press-relizda. Unda, shuningdek, Li Nak Yon hukumatni boshqarish uchun yetarli tajribaga ega ekanligi ta’kidlanadi.

“U ijtimoiy, davlat va tashqi siyosat sohalarini chuqur tushunadi va tajribaga ega. Li 21 yil davomida jurnalist, so‘ngra 14 yil davomida deputat, undan keyingi uch yil davomida provinsiya deputati sifatida faoliyat yuritgan”, — deyiladi hujjatda. Bosh vazir lavozimini parlament ham tasdiqlashi lozim.

Mun Chje In boshqa asosiy lavozimlarga ham tayinlovlarni amalga oshirdi. Prezident ma’muriyatiga Im Chjon Sok, Milliy razvedka xizmatiga esa uning sobiq xodimi Su Xun rahbar etib tayinlandi. Prezidentni qo‘riqlash xizmati rahbari lavozimini esa Chju Yon Xun egalladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют