» » AQShda reper 50 Сent’ning hovlisini o‘marishga uringan jinoyatchi hibsga olindi

AQShda reper 50 Сent’ning hovlisini o‘marishga uringan jinoyatchi hibsga olindi


Konnektikut shtatida 9-may, seshanba kuni reper 50 Cent’ning hovlisiga o‘g‘rilikka tushgan jinoyatchi hibsga olindi. Bu haqda hodisa yuz bergan Farmington shahri politsiya boshqarmasi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

“Konnektikut shtati, Vindzor shahrida yashovchi 34 yoshli Elvin Joys hibsga olindi. Unga nisbatan ikkinchi darajali buzib kirish bilan o‘g‘rilik, shaxsiy mulk hududiga noqonuniy kirish, zarar yetkazish va o‘g‘rilikka urinish ayblari e’lon qilingan”, — deya aniqlik kiritadi Farmington huquq-tartibot organlari.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, qulfbuzar o‘g‘ri jinoyat ustida qo‘lga olingan. Dang‘illama hovliga kirish chog‘ida signalizatsiya ishga tushgan. Reper qo‘riqchilari hodisaga aralashmasdan, tartib qo‘riqchilarini chaqirgan. Jinoyatchi politsiyachilar tomonidan qo‘lga olingan.

Associated Press agentligining ma’lum qilishicha, huquqbuzar bir necha marta qonunlarni buzganligi uchun sudlangan.

Hodisa yuz bergan paytda reper uyida bo‘lmagan. 50 Cent ushbu mulkni 2003-yilda mashhur bokschi Mayk Taysondan 4 million dollarga xarid qilgan. Uy hozirda 6 million dollarga sotuvga qo‘yilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-05-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют