» » Rolls-Royce Arab Amirliklari uchun maxsus kolleksiya yaratdi

Rolls-Royce Arab Amirliklari uchun maxsus kolleksiya yaratdi


Britaniya Rolls-Royce avtomobil ishlab chiqaruvchisi faqat BAA bozorida namoyish etiluvchi Wisdom kolleksiyasini ishlab chiqdi. Bu haqda Luxurylaunches xabar bermoqda.

Wisdom lineykasidagi har bir model yagona nusxada taqdim etilgan.

Kolleksiyaga bir nechta variantdagi dizayn kiritilgan. Phantom oq-oltin rangida ishlangan va gullar bilan bezatilgan. Uni yaratish uchun 400 soatga yaqin vaqt ketgan.

Shuningdek, dizayni qadimiy savdo yo‘llaridan ilhomlanib yaratilgan Ghost avtomobili sedan lineykasidan joy olgan. Kolleksiyaga kuzovi ko‘k, kumush rang va och jigar ranglarga bo‘yalgan Dawn kabrioleti ham kirgan.

Avvalroq 2017-yilning yanvarida kompaniya Phantom modelining ikkita eksklyuziv nusxasini chiqarilishi haqida ma’lum qilgan edi. Avtomobillar xitoylik milliarder Stiven Xun buyurtmasiga asosan yaratilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-05-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют